Usmon Toshev: Natija qoniqarli, ammo...

  • 9 iyul, 2018, 19:10
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun CAFA U-16 Championship turniriga yakun yasaldi. Musobaqaning 3-turida Tojikistonga qarshi maydonga tushgan vakillarmiz 1:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Tecno

Ushbu uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida esa O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev jurnalistlar savollariga javob qaytardi:

-Bugungi o‘yindadagi natijadan qoniqdim, ammo o‘yindan va futbolchilarimizning o‘zlarini tutishlaridan qoniqmadim. Ular bugun nihoyatda asabiy o‘yin ko‘rsatishdi. Albatta bunday turnirlar aynan shunday holatlarga qarshi tajriba to‘plash uchun ham muhim.

- Biz bugun issiqda o‘ynashni bilgan edik, garchi bugun boshqa stadionda to‘p tepdik, yigitlar shunga qaramasdan yaxshi o‘yin ko‘rsata olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!