Unai Emeri "Arsenal"ga jahon chempionini olib kelmoqchi

  • 18 iyul, 2018, 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi hamon “Sevilya” yarim himoyachisi Stiven Nzonzini qo‘lga kiritish fikridan qaytmayapti.

Tecno

RMC tarqatgan xabarga qaraganda 29 yoshli frantsiyalik futbolchining transferini shaxsan “kanonirlar” ustozi Unai Emeri istamoqda. Aytish lozimki, Emeri va Nzonzi “Sevilya”dagi faoliyatlari davomida birga ishlashgan va ispaniyalik mutaxassis futbolchining qanday imkoniyatlarga ega ekanligini yaxshi biladi.

Eslatib o‘tamiz, Nzonzi kuni kecha Frantsiya terma jamoasi safida Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Uning transfer narxi esa taxminan 40 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!