Ulug‘bek Baqoev "Buxoro"ga nima etishmayotganini ma’lum qildi

  • 22 sentabr, 2018, 23:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Uchrashuv boshidan yaxshi boshlandi. Birinchi bo‘limda ham yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Ikkinchi daqiqada esa futbolchilarni almashtirish chog‘ida biz ikki daqiqa ichida kutilmagan golni o‘tkazib yubordik.

Tecno

Penalti borasida hech nima deya olmayman. Hakam shunday qarorga keldimi balki shundaydir. Biroq bir ikki daqiqa ichida gol o‘tkazib yuborish alamli albatta.

To‘g‘risini aytsam men bugungi uchrashuvda yigitlarimizga xech qanday e’tirozim yo‘q. Menimcha bugungi bahsni hamma ko‘rdi. Biz har galgidek har bir o‘yinda jismonan yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz va bugungi uchrashuvda ham bizga jismonan emas, balki ruhan tetik emasligimiz pand berdi nazarimda. Vaholangki ular bugun ayrim vaziyatlarda tez va yorqinroq o‘yin ko‘rsatishdi va buni natijasini ko‘rishdi", – dedi Baqoev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!