
Ugo Loris: "Tottenxem" bu faqatgina Keyn degani emas
Londonning "Tottenxem" klubi darvozaboni Ugo Loris jarohat olib safdan chiqqan hujumchi Xarri Keyn borasida gapirib o‘tdi.
“Xarri biz uchun naqadar muhimligini hamma biladi, ammo “Tottenxem” bu faqatgina Keyn degani emas. Futbol jamoaviy o‘yin hisoblanadi, shu bois har bir futbolchi jamoaga o‘z yordamini berishi kerak. Hamma jamoada etakchi futbolchilar bo‘ladi, lekin eng muhimi bu birgalikda ishlashdir. Bizning asosiy maqsadimiz mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlash”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Keyn kamida bir oy maydonga tusholmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar