"Tottenxem" qishki transferlar davrida ayrim futbolchilarini sotadi

  • 27 dekabr, 2018, 21:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida o‘zining bir qator futbolchilarini sotib yubormoqchi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” Mussa Dembele, Viktor Vanyama, Jorj-Kevin N'Kudu, Vinsent Yanssen, Fernando Lorente va Mishel Vormlar bilan xayrlashishmoqchi. Ushbu futbolchilarning transferidan esa 85 mln evro ishlab olishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Maurisio Pochettino shogirdlari ayni damda 45 ochko bilan musobaqa jadvalida “Liverpul”dan so‘ng 2-o‘rinni egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!