"Tottenxem" etakchi futbolchisiga yangi shartnoma taklif qiladi

  • 15 fevral, 2019, 16:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Son Xin Min yana bir necha mavsum “shporlar” safida qolishi mumkin.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda. “Tottenxem” 26 yoshli koreyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Unga ko‘ra futbolchining maoshi haftasiga 150 ming funtga oshiriladi va u “shporlar” bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Eslatib o‘tamiz, Son “Tottenxem” safiga 2015 yil “Bayer”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum 20ta o‘yinja maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!