"Tottenxem" "Liverpul" futbolchisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 13 fevral, 2019, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Londonning "Tottenxem" klubi "Liverpul" hujumchisi Deniel Starrijning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “shporlar” 29 yoshli angliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash kerakki uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar imzolangan, shu sababli u “Tottenxem” safiga erkin agent sifatida borib qo‘shilishi mumkin. Biroq, hozircha “Liverpul” rahbariyati Starrijning kelajagi borasida yakuniy qarorga kelganicha yo‘q.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” Starrijni 2013 yil 15 mln evro evaziga “Chelsi”dan sotib olgan edi. U joriy mavsum 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!