
"Tottenxem" Alderveyreld bilan shartnomani uzaytirdi
Londonning "Tottenxem" klubi o‘zining belgiyalik himoyachisi Tobi Alderveyreld bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” mavsum yakunida shartnomasi yakunlanadigan 29 yoshli futbolchi bilan ushbu kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqidan foydalanishgan. Endi Alderveyreld 2019/20 yilgi mavsumni ham “Tottenxem” safida o‘tkazadigan bo‘ldi.
Biroq, shuni ham aytib o‘tish kerakki tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra yozda 25 mln funt to‘lagan klub Alderveyreldni o‘z safiga qo‘shib olishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Alderveyreldga “Manchester Yunayted” dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar