Toshkentda yunon-rum kurashi bo‘yicha xalqaro turnir yakunlandi

CHERY AUTO

Poytaxtimizdagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida yunon-rum kurashi bo‘yicha Lev Kats xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz sport kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan 2003-2004 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada vakillarimiz bilan birgalikda Tojikiston va Qozog‘istondan kelgan yosh polvonlar 10 vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Xalqaro turnirda polvonlarimizdan Iftihor O‘tbosarov, Ilyos Abdunazarov, Quvonchbek Yaxshiboev, Diyor Bekto‘raev, Sherzod Murodjonov, Husniddin Olimboev, Islomjon Rahmatovlar o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!