
Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
7-14 iyul kunlari poytaxtimiz og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Dunyoning eng kuchli polvonlari ishtirok etadigan ushbu nufuzli musobaqada 20 nafar hamyurtimiz g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Xususan, vakillarimiz musobaqada quyidagi tarkib bilan ishtirok etadi:
Erkaklar: -62 kg: Muhammadali Qahramonov; -69 kg: Adhamjon Ergashev, Hakimjon Shamsiddinov; -77 kg: Muhammadqodir Toshtemirov, G‘ayrat Aytmuratov; -85 kg: Zaynobiddin Mahamadaminov; -94 kg: Azimjon Xojiev; -105 kg: Akbar Jo‘raev, Saidmuxtor Saidaxrorov; +105 kg: Shahmerdan Kemalov.
Qizlar: -48 kg: Zuhra Otojonova; -58 kg: Sayyora Esbergenova; -63 kg: Kumushxon Fayzullaeva; -69 kg: Zarnigor Abdurahmonova, Layloxon Xursanova, Rambergenova Bazargul; -75 kg: Gulnoza Ahmadova, Tursunoy Jabborova; -90 kg: Dolera Davronova, Shodmonoy Ochilova.
Fikrlar