
Terrining oldida 2ta yo‘l bor
Angliyalik afsonaviy himoyachi Jon Terrida faoliyatini davom ettirishi uchun 2ta yo‘l qoldi.
Ingliz OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra 37 yoshli futbolchi kamroq maosh evaziga bo‘lsa ham “Aston Villa”ga qaytishi yoki “Chelsi”dan bo‘layotgan taklifni qabul qilib, u erda yoshlar jamoalaridan birida murabbiylik qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Terri ayni damda erkin agent hisoblanadi. U bundan avvalroq Moskvaning “Spartak” klubidan bo‘lgan jiddiy taklifni rad etgan edi.
Fikrlar