
Terri sobiq jamoadoshlariga ustozlik qilishi mumkin
Kecha futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgan mashhur himoyachi Jon Terri o‘zining murabbiylik faoliyatini qaysi jamoada boshlashi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar Terri Anri “Aston Villa” bosh murabbiyi etib tayinlansa, u holda 37 yoshli Terri unga assistentlik qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Terrining so‘nggi jamoasi aynan “Aston Villa” bo‘lgan edi. U bundan avval “Chelsi”ning yoshlar jamoasini boshqargan edi.
Fikrlar