Tayson Fyuri Golovkinning murabbiyi lagerida tayyorgarlikni tugatdi

  • 5 noyabr, 2018, 16:18
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Britaniyalik og‘ir vaznli bokschi Tayson Fyuri (27−0, 19 KO) Big Bear (shtat Kaliforniya, AQSh)dagi Abel Sanches mashg‘ulotlar lagerida tayyorgarlikni tugatdi.

Tecno

Sanches zalida shuningdek qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin (38−1−1, 34 KO), Ruslan Madiev (12−1, 5 KO) va Ali Axmedov (13−0, 10 KO) ham mashg‘ulotlar olib boradi. Fyuri bu erga oktyabr oyi boshida kelgan edi. Britaniyalik bokschi faoliyatida ilk marta jangga AQShda tayyorgarlik o‘tkazdi.

Sanchesning lagerini tark etgandan so‘ng Fyuri Kaliforniyaning asosiy shahri — Los-Anjelesdagi mashhur amerikalik taniqli murabbiy Freddi Roachning Wild Card Gym zalida tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Fyuri navbatdagi jangini 1 dekabr kuni ayna Los-Anjelesda o‘tkazadi. Mazkur jangda unga ushbu vazn toifasining WBC chempionlik kamari sohibi amerikalik Deontey Uaylder (40−0, 39 KO) raqiblik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!