
Son Xin Minning goli APLda noyabr oyining eng chiroyli goli deb topildi
Londonning “Tottenxem” klubi hujumchisi Son Xin Min Angliya premer-ligasining noyabr oyidagi laureatiga aylandi.
Aniqrog‘i, koreyalik futbolchining London derbisida “Chelsi” darvozasiga kiritgan goli o‘tgan oyning eng chiroyli goli deb topildi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Son joriy mavsum APLda jami 11ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar