
Simeone "Atletiko" boshqaruvidagi 400-o‘yinini o‘tkazdi
Madridning "Atletiko" klubi kecha Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichida "Sant-Andreu"ni 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, ushbu bahs madridliklar ustozi Diego Simeone uchun “matraschilar” boshqaruvidagi yubiley 400-o‘yin bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, argentinalik mutaxassis “Atletiko”ni 2011 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa o‘tgan 400ta o‘yinning 210tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar