
"Shanxay SIPG" qay tarzda "Guanchjou Evergrand"ni mag‘lub etdi? (Foto+video)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan "Shanxay SIPG" klubi chempionlik uchun kurashda asosiy raqobatchisi bo‘lgan "Guanchjou Evergrand" mehmoni bo‘ldi.
"Tianhe" stadionida kechgan qarama-qarshilik gollarga boy o‘tdi va unda shanxayliklar 5:4 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ahmedov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Shu tariqa "Shanxay SIPG" chempionat bahslari tugashiga ikki tur qolganida eng yaqin ta’qibchisini 5 ochkoga ortda qoldiri. Chempionlikni naqd qilish uchun esa Vitor Perreyra shogirdlariga yana 1ochko olish talab etiladi. Jamoa o‘zining navbatdagi uchrashuvini 7 noyabr kuni "Beyjing Jenxe" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Quyida kechagi bellashuvdan olingan fotosuratlar va darvozalarga kiritilgan gollar aks etgan videolahvani tomosha qilish imkoniga egasiz.










Fikrlar