"Shalke" forvardi Germaniya terma jamoasi qarorgohini tark etdi

  • 12 noyabr, 2018, 21:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shalke" klubi hujumchisi Marko Ut Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda Germaniyaga yordam bera olmaydi. Bu haqda Kicker nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 27 yoshli futbolchi mushaklaridan jarohat olgan va shu sababli davolanish uchun yana klub ixtiyoriga qaytgan.

Ma’lumot uchun, Ut joriy mavsum “Shalke” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya – Rossiya uchrashuvi 15 noyabr kuni Leyptsig shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!