Shakiri "Liverpul" safidagi ilk golini kiritdi

  • 27 oktabr, 2018, 21:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” forvardi Jerdan Shakiri bundan biroz avval APLning 10-turi doirasida “Kardiff”ga (4:1) qarshi bahsda raqib darvozasiga gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Shveytsariyalik 27 yoshli futbolchi uchrashuvning 84-daqiqasida Muhammad Salohning uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol etdi. E’tiborlisi, ushbu gol Shakirining “Liverpul” safida rasmiy uchrashuvlarda kiritgan ilk goli bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Shakiri yozda “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgach International Champions Cup tijoriy turnirida “Manchester Yunayted”ga gol urgan edi. Ammo ushbu o‘yin rasmiy uchrashuv maqomiga ega emas edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!