Shakiri "Liverpul" bilan birga Serbiyaga bormaydi, chunki...

  • 5 noyabr, 2018, 15:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” forvardi Jerdan Shakiri Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan “Tsrvena Zvezda”ga qarshi Serbiyada bo‘lib o‘tadigan bahsga bormaydi.

Tecno

Mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp shveytsariyalik futbolchini ushbu o‘yin qaydnomasiga kiritmadi. Nemis mutaxassisining fikricha serbiyalik ishqibozlarning Shakiriga nisbatan shaxsiy adovati unga ruhan ta’sir qilishi mumkin.

Aytish lozimki, Shakiri garchi Shveytsariya terma jamoasida o‘ynasada kelib chiqishi albaniyalik hisoblanadi. U yozda Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCh-2018da Serbiya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol etgach raqib jamoa muxlislariga qo‘li bilan Albaniya bayrog‘idagi qushni ko‘rsatgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!