
Saul Alvares qachon faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Ikki vazn toifasining sobiq jahon chempioni Saul Alvares boksdagi professional faoliyatini 35 yoshda yakunlamoqchi ekanligini ma’lum qildi.
- Uzoq vaqt boksda qolaman deb aytish qiyin. To‘g‘ri, 50 yoshgacha deb ayta olaman, biroq o‘zim 35 yoshda yakunlashni rejalashtirmoqchiman. Shuning uchun hozir 35 yoshda hotirjam yakunlash uchun maksimal harakat qilishni istayman. Natijalarim va biznesimdan zavq olishga harakat qilaman. Men qo‘limdan kelgan barchasini qilaman va qo‘limni baland ko‘targan holda chiqib ketaman, - deya Saul Alvaresning so‘zlarini keltiradi ESPN Deportes nashri.
Eslatib o‘tamiz, Alvares o‘zining navbatdagi jangini Las-Vegasda sentyabrda Gennadiy Golovkinga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar