
Sardor Mirzaev "Lokomotiv" g‘alabalarining omili nimada ekanligini aytdi
PEPSI Superligasining 14-turi doirasida “Navbahor” (3:1) mag‘lub etilganidan keyin “Lokomotiv” tarkibidagi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Sardor Mirzaev shunday fikrlarni bildirib o‘tdi.
"O‘yin qiyin bo‘ldi. "Navbahor" shunday agressiv kurashishini bilgandik. Birinchi bo‘lim qiyin o‘tdi. Ikkinchi bo‘limning boshida biz kontsentratsiyani yo‘qotib qo‘ydik. Ammo o‘z ustimizda yaxshi ishlaganimiz sababli g‘alabaga ishongandik.
"Neftchi"da ham hujumchilarning ortida o‘ynardim. Yelichich qo‘l ostida ikki yil davomida chap qanotda o‘ynaganman. Vadim Abramov esa umuman o‘ng qanot himoyasiga tashlardi. Hozirgi pozitsiyam menga begona emas".
Fikrlar