
Sane "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga tayyor. Ma’lumotlarga qaraganda ayni damda tomonlar mazkur masa yuzasidan muzokaralarni boshlab yuborishgan.
“Manchester Siti”ga kelgan ilk kunimdanoq bu erda o‘zimni baxtli his qilganman. Menga bu erdagi murabbiy va futbolchilar bilan birga o‘ynash yoqadi. Ularning barchasi nafaqat ajoyib futbolchilar, balki ajoyib insonlar hamdir.
Ilk kunlardanoq bu erni o‘z uyimdagidek his qilganman. Shu bois klub bilan shartnomamni uzaytirishim mumkin”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Sane “Manchester Siti” safiga 2016 yil “Shalke”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar