
Sambo: 2 nafar hamyurtimiz finalda
Osiyo o‘yinlarining bugungi kun bahslari sambochilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Xususan, erkaklar o‘rtasidagi -90 kg vazn toifasida hamyurtlarimizda Kamoliddin Xolmamatov final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasidagi -68 kg vazn toifasida Nilufar Davletova ham oltin medal uchun bahs olib boradigan bo‘ldi.
Qayd etish lozim, hal qiluvchi bosqichda Kamoliddin Xolmamatov Umed Xasanbekov bilan bahs olib borsa, Nilufar Davletova qozog‘istonlik Dildash Kurishbaevani mag‘lub etishi lozim bo‘ladi.
Fikrlar