
Rossiya klublari ham moliyaviy feyr-pley qoidasini buzishgan, ammo...
Football Leaks nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Rossiya klublari ham moliyaviy firibgarlik bilan shug‘ullanishmoqda.
Xabarda aytilishicha "Dinamo", "Lokomotiv" va "Zenit" klublari moliyaviy feyr-pley qoidasini bir necha bor buzishgan. Biroq, UEFA JCh-2018 arafasida ularni bezovta qilishni istamagan. UEFA yirik musobaqa oldidan Rossiya bilan munosabatlarni yomonlashishini istamagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgan "Manchester Siti" va PSJ klublarining zararlarini yashirishga yordam berganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar