Ronaldu o‘zining "Real"dan ketishiga sababchi bo‘lgan 3 ta insonni aytdi

  • 23 oktabr, 2018, 13:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu o‘zining "Real"dan ketishida 3 nafar insonni aybdor deb hisoblaydi.

Tecno

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli portugaliyalik futbolchining jamoadan ketishiga “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresning harakatsizligi, yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi va jamoa sardori Serxio Ramoslar asosiy sabab bo‘lgan. Aniqrog‘i, Peres Ronalduga yangi shartnoma taklif qilmagan, Lopetegi va Romos esa uni tarkibda olib qolish uchun rahbariyatga o‘z so‘zlarini o‘tkaza olishmagan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Madriddagi 9 yillik faoliyatidan so‘ng yozda 112 mln evro evaziga “Real”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!