Robben: O‘zimni 34 yoshdaman deb o‘ylamayman

  • 17 sentabr, 2018, 13:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi vingeri Aren Robben hamon yuqori darajada futbol o‘ynay olishini aytdi. 34 yoshli futbolchining so‘zlariga ko‘ra u yoshining katta bo‘lib qolganini his qilmaydi.

Tecno

“Men maydondagi har bir daqiqadan zavq olishga harakat qilaman. Ba’zan muxlislarga to‘la "Alyants Arena"da o‘ynash omad deb o‘ylayman. Shu bois bu erda o‘tgan har bir uchrashuvdan rohatlanishingiz kerak. Bilmadim bu yana qancha vaqt davom etadi, lekin hozir o‘zimni 34 yoshdek sezmayapman. Men o‘zimnim judayam, judayam yaxshi his qilyapman. Umid qilamanki yana uzoq yillar shunday bo‘ladi”, - deydi gollandiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Robben Bundesliganing o‘tgan 3ta turida o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!