
Rivaldo: Iskoni "Barselona"da ko‘rishni xohlardim, ammo buni tasavvur qilish qiyin
Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq hujumchisi Rivaldo“ko‘k-anor ranglilar” safida “Real” yarim himoyachisi Iskoni ko‘rish istagi borligini aytdi.
“Iskoni “Barselona”da ko‘rishni xohlardim, u ajoyib futbolchi.O‘ylaymanki bundan klub ham, uning o‘zi ham foyda ko‘rgan bo‘lardi.
Ammo, bu narsani hayotda amalga oshirish mushkulroq. Chunki, ikkita ashaddiy raqiblar bir futbolchining transferi borasida o‘zaro muzokaralar o‘tkazishini tasavvur qilish qiyin”, - deydi braziliyalik sobiq futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda Iskoning "Real"dan ketishi haqida ko‘plab xabarlar tarqalmoqda.
Fikrlar