
"Real" va "Chelsi"ning Ikardini sotib olish rejasi barbod bo‘lish arafasida
Milanning "Inter" klubi hujumchisi Mauro Ikardi o‘zining kelajak faoliyati borasida muhim qaror qabul qildi.
Football Italia tarqatgan xabarga qaraganda 26 yoshli argentinalik futbolchi “neradzurrilar” safida qoladi va ular bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Ikardining yangi kelishuvi 2023 yilga qadar tuziladi va uning yillik maoshi 7 mln evroga etadi. Shu tariqa Ikardining “Real” yoki “Chelsi”ga o‘tishi yana bir necha mavsumga kechikadi.
Ma’lumot uchun, Ikardi “Inter” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 200ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 119ta gol hamda 25ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar