
"Real" "Chelsi"ning 2 nafar etakchisini qo‘lga kiritmoqchi
Madridning "Real" klubi "Chelsi"ning ikki nafar etakchi futbolchisiga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” “aristokratlar”ning belgiyalik vingeri Eden Azar hamda ispaniyalik himoyachisi Markos Alonsolarni “Santyago Bernabeu”ga olib kelishga urunib ko‘rmoqchi va bu borada “Chelsi” bilan hozirdanoq muzokaralarni boshlashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, “Real” yozgi transferlar davrida “Chelsi”dan belgiyalik posbon Tibo Kurtuani xarid qilgan edi.
Fikrlar