
"Real" 36 yoshli David Vilya bilan shartnoma imzolashi mumkin
AQShning "Nyu-York Siti" klubida to‘p surayotgan hujumchi David Vilya yana vataniga qaytishi va faoliyatini "Real" Madridda davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 36 yoshli ispaniyalik futbolchi “qirollik klubi”ning qishki transferlar davridagi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun xarid qilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kirib qolgan. Madridliklarga ma’qul kelayotgan yana bir jihati Vilyaning yanvarda AQSh klubi bilan shartnomasi yakuniga etadi va “Real” uni mutlaqo tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Vilya joriy mavsum "Nyu-York Siti"da jami 27ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar