Rasman! Brendan Rojers - "Lester" bosh murabiyi

  • 27 fevral, 2019, 10:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Lester" klubi shimoliy irlandiyalik mutaxassis Brendan Rojersni jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Unga ko‘ra 46 yoshli mutaxassis “tulkilar” bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.

“Bu tayinlov men uchun juda muhim bo‘ldi. Muxlislar o‘z jamoasi bilan faxrlanishlari uchun hayotimni bag‘ishlashga tayyorman. Biz faqat kuchli bo‘lamiz. Futbolchilar va muxlislar bilan yaqin hamkorlik qilishga umid qilaman”, - deydi Rojers.

Eslatib o‘tamiz, Brendan Rojersning so‘nggi ish joyi Shotlandiyaning “Seltik” klubi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!