Rasman! Baqoev "Buxoro"dan ketdi

  • 7 dekabr, 2018, 14:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Habaringiz bor “Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi Superliganing joriy yilgi mavsumdagi so‘nggi “turidan o‘rin olgan Metallurg”- “Buxoro” (1:0) uchrashuvidan so‘nggi matbuot anjumanida  “Buxoro” jamoasini tark etayotganini aytib o‘tgan edi.

Tecno

Klub matbuot xizmati esa bu xabarlarni tasdiqladi va Baqoevga qilgan xizmatlari uchun tashakkur izhor etdi.

"Bu habardan xafa bo‘ldik albatta, - deyiladi xabarda. - Chunki yosh bo‘lishiga qaramay, jamoa uchun qilgan xizmatlarini, jamoani og‘ir ahvolda qabul qilib, qisqa muddat ichida qayta shakllantirib, mavsumni yaxshi natijalar bilan yakunlaganligi taxsinga sazovor deya baralla ayta olamiz. Shuningdek Ulug‘bek Baqoev O‘zbekiston futbolini rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shgan, o‘zbek futboli faxrlaridan biri desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bois “Buxoro” jamoasini 2 yil mobaynida boshqarib unga murabbiylik qilib kelgan Baqoev Ulug‘bek Istamovichga klub rahbarlari, jamoa futbolchilari, klub ishchi hodimlari va jamoa muxlislari nomidan chin dildan tashakkurlar aytib, minnatdorchilik bildiramiz. Qolaversa Ulug‘bek Baqoevdek murabbiyga cheksiz hurmat va ehtirom ila kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz. “Buxoro” jamoasi va muxlislari jamoa uchun astoydil qilgan mehnatingizni hech qachon unutmaydi va qachondir jamoaga qayta kelishingizni istab qoladi", - deyiladi tashakkurnomada.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Baqoev 2017 yildan buyon "Buxoro" bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda edi. Uning qo‘l ostida jamoa milliy chempionatimizda ikki marta 6-o‘rinni egalladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!