
Rakitich uchun dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim?
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich “Real”dagi hamyurti Luka Modrich dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligini aytdi.
“Modrich bu yil dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va butun Xorvatiya u bilan faxrlanadi. Men uning kollektsiyasida yo‘q bo‘lgan oxirgi sovrin – “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishini xohlayman. Luka so‘zsiz ushbu mukofotga loyiq.
Men u bilan 11 yildan buyon terma jamoada birga o‘ynab kelaman va uni xuddi akamdek yaxshi ko‘raman. Uning terma jamoada qolgani yaxshi bo‘ldi. Agar u terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganida, bilmadim men qanday qaror qabul qilardim”, - deydi Rakitich.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Modrich JCh-2018da, shuningdek, Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida ham eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Fikrlar