
Qozog‘istonlik mashhur sportchining o‘limiga nima sabab?
Kecha tushdan keyin Qozog‘iston sporti o‘zining taniqli vakili Denis Tendan ayrilgani sport olamidagi OAVlarni ancha jonlartirib yuborgan edi. Ushbu sportchining o‘limi yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston prokuraturasi ushbu hodisa yuzasidan ish boshlagan.
Surishtiruv natijalariga ko‘ra, Olma-Ota shahri shifoxonalarining biriga mahalliy vaqt bilan chamasai 14:55 da qo‘ng‘iroq bo‘lib, ko‘chada noma’lum shaxs qon yo‘qotgan holda ko‘chada xushsiz yotgani haqida qo‘ng‘iroq bo‘lgan. 10 daqiqa ichida tez tibbiy yordam mashinasi etib kelgan va jabrdlanuvchining shaxsini aniqlash ishlari olib borildi. Zudlik bilan shifoxonada operatsi xonasiga olib ketilgan. 17:00 atrofida bosh shifokor bemorning hayoti uzilgani haqida xabar berdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, chorraha yonida noma’lum shaxslar sportchining mashinada bo‘lganidan foylanib, undan qimmatbaho buyumlarni, anirog‘i, Denisning mashinasidagi qandaydir oynani so‘rashgan. Sportchi oynani berishdan bosh tortgach, tajavvuzkor shaxslar mashinasining eshigini ochib, oyog‘iga pichoq urgancha voqea joyidan qochib ketishgan.
Ma’lumot uchun, Denis Ten 1993 yil Qozog‘iston viloyatining Olma-Ota shahrida tavallud topgan. Figurali uchish bo‘yicha Sochi Olimpiadasining chempioni. Qozog‘iston sportida ushbu sport turida Olimpiya o‘yinlarida medal olgan yagona sportchi. 2013 yili jahon chempionatida kumush, 2015 yili bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2015 yil 4 qit’a chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar