Pogba jamoadoshlariga MYuni tark etayotganini aytib o‘tdi

  • 8 avgust, 2018, 15:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba yozgi transferlar bozori davomida jamoani tark etishni xohlayapti.

Tecno

Bunday qarorni qabul qilganini Pol jamoadoshlari hamda klub ijroviy direktoriga etkazgani haqida Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Ammo "Yunayted" rahbariyati yarim himoyachini qo‘yib yuborishdan bosh tortmoqda, bunga sabab transfer bozori yopilishiga qadar unga o‘rinbosar izlab topish imkonsiz.

Igariroq, "Barselona" Pogbaning transferi uchun "qizil iblislar"ga Yerri Mina, Andre Gomesh hamda 45 mln evro to‘lashga tayyor ekanliklari borasida xabarlar tarqaldi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!