
Pogba Mourinodan norozi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba jamoadagi o‘rnidan norozi.
ESPN nashrining xabar berishicha, 25 yoshli futbolchi transfer bozori mavsumi yakunlanishigacha "Barselona" yoki "Yuventus"ga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda.
Nashrda yozilishicha, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning tanbehidan so‘ng frantsz ushbu qarorga kelgan. Bir necha kun oldin Joze Pogba o‘tgan mavsum klubda emas, JCh-2018 doirasida terma jamoa safida yaxshiroq harakat qilganini deb aytib o‘tgandi.
Biroq MYu Polni sotib yuborishga tayyormas.
Fikrlar