
Pogba "Barselona"ga o‘tish "yo‘lini" topdi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba yana jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan janjallashdi.
Tuttosport nashrining xabar berishicha portugaliyalik mutaxassis frantsiyalik futbolchiga ta’til muddatini qisqartirib, tezroq jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishni so‘ragan. Biroq, Pogba bunga rad javobini bergan va Los-Anjelesga borgan. Undan so‘ng esa dam olish uchun Frantsiya qirg‘oqlariga ketgan.
Ta’kidlash kerakki, Pogbaning ushbu xatti-harakatlari Mourinoning jahlini chiqargan va bu futbolchining “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarni yanada kengroq tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.
Fikrlar