Pochettino: Son maydonda xuddi Messidek harakat qiladi

  • 3 fevral, 2019, 16:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning koreyalik hujumchisi Son Xin Minni “Barselona” forvardi Lionel Messiga qiyosladi.

Tecno

“Son o‘z ustida juda ko‘p ishlayapti va o‘sishga intilyapti. U xoh to‘p bilan bo‘lsin, xoh to‘psiz, maydonda 100 foiz borini bermoqda.

Unda xuddi batareya bordek – ishlayveradi, ishlayveradi va quvvati tugagach oxiri dam olishni so‘raydi. U hammaga o‘rnak bo‘ladigan o‘yinchi.

Uning maydondagi harakatlarini Messining harakatlariga o‘xshatish mumkin. Kamroq harakat qilsada, ko‘proq foyda keltiradi”, - deydi argentinalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Son joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!