
Pike kelajakda futbol klubi sotib olmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi va Kosmos investitsion kompaniyasi xo‘jyini Jerar Pike kelajakdagi biznes rejalari haqida gapirib o‘tdi.
“Hozir 2 ta loyiha ustida ish olib boryapmiz. Ularning biri futbol klubi sotib olish.
Ikkinchisi, yangi turnir tashkil qilish yoki mavjud turnirni isloh qilish. Bu borada ortiq gapira olmayman. Ammo, ularning ikkalasi ham ajoyib loyihalar”, - deydi tajribali himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, Pike bundan avvalroq tennis bo‘yicha Devis kubogi musobaqasida islohotlar o‘tkazish kerakligini taklif qilgan edi.
Fikrlar