
Pike "Barselona"dan qachon ketishini aytdi
"Barselona" klubi himoyachisi Jerar Pike kecha "Levante"ga (5:0) qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng qachon kataloniyaliklar safidan ketishini aytdi.
“Biz so‘nggi haftalarda juda ajoyib o‘ynlar ko‘rsatyapmiz. Kam gol o‘tkazib, ko‘p gol uryapmiz. Endi biz keyingi o‘yin haqida o‘ylayapmiz.
Agar bir kun kelib qilayotgan ishimdan zavqlanmay qo‘ysam, demak o‘shanda “Barselona”dan ketaman”, - deydi Pike.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli ispaniyalik futbolchi “Barselona” safida 2008 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar