
Petr Chex "Arsenal"da qolmoqchi
“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Petr Chex London jamoasida qolishni istamoqda va “to‘pchilar”dan yangi shartnoma kutmoqda. 36 yoshli futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi kelishuvi mavsum oxirida yakuniga etadi.
– Men qolishni xohlagan bo‘lardim, ammo hozir yanvar. Mavsum uzun. Kelajakda nima bo‘lishini bilmaysiz. Men muzokaralar boshlash oldidan hech qanday bosimni his qilayotganim yo‘q. Men shunchaki o‘z ishimni qilaman. Yakunda barchasini muhokama qilamiz. Hozircha yangi shartnoma bo‘yicha biror gap yo‘q, — deya Chexning so‘zlarini keltiradi Evening Standard nashri.
Bu mavsum Chex Angliya chempionatida 8 o‘yinda 10 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar