
Pep: Emeri ajoyib tayyorgarlikka ega mutaxassis
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal" ustozi Unai Emeri haqida o‘z fikrini bildirdi.
- "Arsenal" Angliya chempionligi uchun kurashga kirishadimi degan savolga shuni aytaolamanki, albatta! Emeri bu maqsad sari nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi. U Frantsiya hamda Ispaniyada juda ko‘p futbol klublarida tajriba ortirgan va bu murabbiy o‘z ishining ustasidir.
Unai aqilli, savodli, hamda murabbiylik jihatdan ajoyib tayyorgarlikka ega mutaxassis.
Tan olish lozim, uning faoliyatini hurmat qilaman. Emeri boshchiligidagi jamoalar turnirlarda g‘alaba qozonishgan, top klublarni "er tishlatgan" davrlari ham bo‘lgan.
Bugungi kunga kelib, "Arsenal" APLning eng yaxshi jamoalaridan biridir!, - deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com nashri.
Fikrlar