
Penchak-silat: Abdumalik Salimov yarim finalda
Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kungi bahslari davom etmoqda.
Kun dasturidan o‘rin olgan penchak-silat bahslarida hamyurtimiz Abdumalik Salimov 60 kgdan 65 kggacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan chorak final bosqichida eronlik Muhammad Rahimibaladazayga qarshi jang olib bordi.
Qiziqarli kechgan bellashuv hvmyurtimizning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Endi vakilimizga yarim final bosqichida indoneziyalik Iqbol Chandra Pratama raqiblik qiladi.
Qayd etish lozim, bugun shuningdek, 50 kg 55 kggacha bo‘lgan vazn toifasidagi qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarning chorak final bosqichida yana bir vakilamiz Munisa Rabbimova ham o‘z jangini o‘tkazadi. Hamyurtimizga vetnamlik Ti Tem Tran raqiblik qiladi.
Fikrlar