
"Paxtakor" - "Eyr Fors" o‘yinini boshqaradigan hakamlar ma’lum
Unga ko‘ra, 12 fevral kuni Toshkentda o‘tadigan OChL saralashi o‘yinini koreyalik Kim Xi Gon boshqarib boradi. Unga hamyurtlari Pak Sang Jun va Pak Kyun Yon yordam berishadi.
Xi Gon hozirgacha biror marta "Paxtakor" va terma jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarda bosh hakam vazifasini bajarmagan. 2015 yil "Paxtakor" - "Al Ayn" (0:1) bahsida 4-hakam bo‘lib ishlagan.
O‘yin rasmiylari ro‘yxati bilan tanishing.
"PAXTAKOR" - "EYR FORS"
12 fevral, "Paxtakor" stadioni, 15:00
Uchrashuv komissari: Chuang Chin Fan (Xitoy Taypeyi)
Hakamlar nazoratchisi: Ismoil Adnan Ismoil Shafi (Iordaniya)
Hakamlar: Kim Xi Gon, Pak Sang Jun, Pak Kyun Yon, Kim Vu Sun (Janubiy Koreya).
Fikrlar