PSJ de Yong uchun "Ayaks"ga 80 mln evro taklif qilmoqda

  • 22 noyabr, 2018, 12:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Manchester Siti», PSJ va «Barselona» klublari «Ayaks» yarim himoyachisi Frenki de Yong uchun kurash olib borishmoqda.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar allaqachon bu borada Amsterdam klubiga taklif bilan murojaat qilishgan. Ular 21 yoshli golland futbolchisi uchun 80 mln evro taklif qilishmoqda.

Tak’idlash lozimki, “Siti” ham “Barsa” ham ushbu futbolchi uchun “Ayaks”ga PSJ taklif qilgan mablag‘dan ko‘proq berishmoqchi emas. Endi yakuniy qaror de Yongning o‘ziga bog‘liq.

Ma’lumot uchun, de Yong joriy mavsum Gollandiya chempionatida jami 10ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!