
PSJ De yongni sotib olishga yaqin turibdi
Paris Unietd nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, frantsiyaliklar gollandiyalik futbolchi uchun yiliga 8 mln evrolik maosh berishga tayyorlar. Bundan tashqari PSJ uning maoshini yil sayin oshirishga ham tayyor.
Ammo parijliklar De Yongning transferi borasida "Ayaks" bilan sira kelisha olishmayapti. Gollandlar uning uchun 75 mln evro so‘rashmoqda, biroq PSJ buncha pulni to‘lay olmasligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi joriy mavsum Gollandiya chempionatida 15 uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar