O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya (MOQ) qo‘mitasining matbuot-anjumanlari o‘tkaziladigan zalida qo‘mitaning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘yilgan  O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga yangi rahbar saylash asosiy masala bo‘ldi, bu haqida MOQ matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Zarina Abdullaevaning nomzodi barcha tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Zarina Abdullaeva o‘ziga berilgan so‘z navbatida ishga kirishayotgan yangi vazifasida o‘zbek sporti dovrug‘ini ko‘tarish yo‘lida bor kuch-g‘ayratini ishga solishga va’da berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!