
O‘zbekiston ayollar olimpiya termasi 2-saralash bosqichida kimlar bilan o‘ynaydi?
Unga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun 2-saralash bosqichi doirasida Vetnam, Iordaniya va Gong Kong terma jamoalari bilan "V" guruhida kurash olib boradigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, mazkur saralash bosqichi o‘yinlariga Toshkent mezbonlik qiladi. Guruhlarda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 3ta jamoa Olimpiada saralashining 3-bosqichiga yo‘l olishini ham ta’kidlab o‘tish kerak.
Toshkentdagi saralash o‘yinlari 1-9 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar