
O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi navbatdagi yig‘inni boshladi
Xabaringiz bor O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi oldiga Tokio-2020 olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan.
Ana shu musobaqa saralashiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, Bahrom Norsafarov boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Toshkent viloyatining “Piramida” oromgohida yig‘in o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yig‘in davomida murabbiylar shtabi tog‘li hududda futbolchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazib, ularning jismoniy holatini yaxshilash va jamoa asosini shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rishadi.
Bahrom Norsafarov ushbu yig‘inga quyidagi futbolchilarni taklif qilgan:
Darvozabonlar:
Jonimkulova Maftuna «Sevinch»
Boymatova Gulandon «Metallurg»
Himoyachilar:
Asadova Dilrabo «AGMK»
Xusnitdinova Solixa «Bunyodkor»
Dadaboeva Xolida «Metallur»
Bektemirova Dilnoza «Bunyodkor»
Boboxujaeva Feruza «Sevinch»
Shoyimova Maftuna «Sevinch»
Zarbieva Tanzilya «Sevinch»
Qo‘chqorova O‘g‘iloy «Bunyodkor»
Aziza Norboeva «So‘g‘diyona»
Yarim himoyachilar:
Nozimova Dildora «Metallur»
Zoirova Umida «Bunyodkor»
Turdiboeva Feruza «Metallurg»
Baxromova Fazilat «Sho‘rtan»
Safina Rushaniya «Metallurg»
Burxonova Malika «Sevinch»
Panjieva Maftuna «Sevinch»
Hujumchilar:
Berdieva Kamola «Lokomotiv»
Dadajanova Nilufar «Andijanka»
Kudratova Nilufar «Sevinch»
Karachik Lyudmila «Bunyodkor»
Xabibullaeva Diyora «Metallurg»
Mazkur yig‘in 15 fevralga qadar davom etadi.



Mazkur yig‘in 15 fevralga qadar davom etadi.



Fikrlar