O‘zbekiston ayollar futboli bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiada saralashiga mezbonlik qiladi

  • 8 fevral, 2019, 16:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-9 aprel kunlari Ayollar futboli bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiada saralashining 2-bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur bosqichda 12ta terma - Vetnam, Xitoy Taypeyi, Myanma, Iordaniya, Eron, Hindiston, Filippin, Gongkong, Indoneziya, Falastin, Nepal va O‘zbekiston ishtirok etadi. Bu jamoalar  uch guruhga bo‘lingan holda bahs olib boradi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur uchta guruh bahslariga Myanma, Falastin va O‘zbekiston mamlakatlari mezbonlik qilishini tasdiqladi.

Tecno

2-saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi 13 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi guruhdagi raqiblari nomini bilib oladi. Guruhlarda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 3ta jamoa Olimpiada saralashining 3-bosqichiga yo‘l olishini ham ta’kidlab o‘tish kerak. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!